TOShKENT, 18 mar — Sputnik. O‘zbekistonda huquqbuzar 15 kun ichida jarimaning 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lasa, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi.
Bu prezident imzolagan qonun bilan to‘ldirilgan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks moddasida belgilab qo‘yilgan.
Unga ko‘ra, huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi.
Soddalashtirilgan tartib quyidagi hollarda qo‘llanilmaydi:
- ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun sud tomonidan jarima solinganda;
- jarima solish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda;
-xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1-yil davomida takror sodir etilganda.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.