O‘zbekistonda karantin haqida nimalarni bilish kerak

Obuna bo‘lish
Koronavirus infeksiyasi tarqalishi munosabati bilan O‘zbekistonda kiritlayotgan karantin choralari haqida infografikamizda batafsil tanishing. 

TOShKENT, 17 mar - Sputnik. Yevropa Ittifoqi, Rossiya va boshqa davlatlar kabi, O‘zbekiston o‘z hududida koronavirus infeksiyasi vaqtida karantin rejimi joriy etmoqda.  

Xo‘sh, o‘zbekistonliklarni karantin vaqtida nima kutmoqda: 
1. 16-martdan e’tiboran O‘zbekistonning chet el davlatlari bilan avia va avtomobil qatnovlari to‘xtatiladi.

2. Barcha OTMlar, maktablar va bolalar bog‘chalarida uch haftalik karantin e’lon qilindi. Talabalar uchun ichki temir yo‘l reystlariga 50%lik chegirma e’lon qilindi.

3. Barcha ommaviy tadbirlar, shu jumladan, Navro‘z tadbirlari bekor qilindi.

4. Jamoat transportlari, avtobus va poyezd bekatlari har 4 soatda dezinfeksiya qilinadi.

5. Barcha davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan majlis hamda boshqa tadbirlar o‘tkazish vaqtinchalik to‘xtatiladi. 

6. 16 martdan e’tiboran tibbiyot niqoblarini xorijga eksport qilish to‘xtatiladi. Mamlakatimizda himoya qiluvchi kombinezonlar ishlab chiqarish hajmi oshadi.

7. Karantin vaqtida yolg‘on va tekshirilmagan hamda odamlarda vahima yaratadigan xabarlar tarqatadigan shaxslarga nisbatan amaldagi qonunchilik doirasida jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan choralar ko‘riladi.

8. Hukumat karantin vaqtida narx-navoni asossiz oshirish holatlariga qarshi keskin choralar ko‘radi. Bunga Bosh prokuratura huzuridagi departament ham Davlat soliq qo‘mitasi jalb qilinadi. Oziq-ovqat va boshqa zaxiralar yetarli darajada g‘amlangan.

9. O‘zbekiston fuqarolarining chet davlatlarga chiqishi, chet davlat fuqarolarining O‘zbekistonga kirishi taqiqlanadi. Chet davlatlardagi O‘zbekistonliklarning qaytishiga shart-sharoit yaratiladi.

10. Koronavirus bo‘yicha barcha savollarga 1003 raqami orqali javob olish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0