Sardor Umurzoqov bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlandi

© Mejdunarodniy press-klubMinistr po investitsiyam i vneshney torgovli Sardor Umurzakov
Ministr po investitsiyam i vneshney torgovli Sardor Umurzakov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shuningdek, prezidentning alohida qaroriga asosan Sardor Umurzoqovga Tashqi ishlar vazirligi hamda Transport vazirligi faoliyatlarini muvofiqlashtirish vazifalari ham yuklatildi.

TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Sardor Umurzoqov O‘zbekiston bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-martdagi Farmoniga  muvofiq Umurzakov Sardor Uktamovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari –  Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga tayinlandi”, - deyilgan xabarda.

Ministr investitsiy i vneshney torgovli Uzbekistana Sardor Umurzakov  - Sputnik O‘zbekiston
Sardor Umurzoqovning nomzodi bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga ma’qullandi

Ta’kidlanishicha, prezidentning alohida qaroriga asosan unga respublika Tashqi ishlar vazirligi hamda Transport vazirligi faoliyatlarini muvofiqlashtirish vazifalari ham yuklatildi.

Shuningdek,  prezidentning tegishli qarorlariga ko‘ra Aziz Voitov investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Alisher Abdualiyev esa boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan ushbu lavozimdan ozod etildi.

Eslatib o‘tamiz, Sardor Umurzoqov 2019-yil yanvaridan buyon Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Unga qadar “O‘zcharmsanoat” assotsiatsiyasi rahbari sifatida ishlagan. 10-mart kuni deputatlar Sardor Umurzoqovning nomzodini bosh vazirning o‘rinbosari lavozimiga ma’qullashgan edi.

Yangiliklar lentasi
0