O‘zbekiston va BAA o‘rtasida yangi havo qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

© LEX VAN LIESHOUT / ANP / AFPSamolet Emirates Airlines
Samolet Emirates Airlines - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Abu-Dabi, Dubay, Sharja shaharlaridan Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Termiz, Urganch, Nukus shaharlariga parvozlarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

TOShKENT, 7 mar — Sputnik. Dubay shahrida O‘zbekiston va BAA aviatsiya ma’muriyati o‘rtasida maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Transport vazirligi xabar qildi.

Muzokaralar davomida tomonlar O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi shartnomaviy yo‘nalishlarda parvozlarni amalga oshirish uchun aviakorxonalarni tayinlash, mazkur yo‘nalishlarda parvozlar chastotasi miqdorini belgilash ko‘rib chiqishdi.

Vstrecha pervix passajirov v novom mejdunarodnom terminale aeroporta Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston aeroportlari xizmat ko‘rsatish tariflarini pasaytirmoqda

Shuningdek, yangi yo‘nalishlarni ochish va Qarshi, Termiz, Nukus va Buxoro aeroportlarida joriy etilgan “Ochiq osmon” rejimidan foydalanish masalalar muhokama qilindi.

“O‘zbekiston va BAA shaharlari o‘rtasida havo qatnovlarini rivojlantirish maqsadida tomonlar amirliklarning aviakompaniyalari Abu-Dabi, Dubay, Sharja shaharlaridan O‘zbekistonning Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Termiz, Urganch, Nukus shaharlariga parvozlarni amalga oshirishi bo‘yicha kelishuvga erishdilar”, - deyilgan xabarda.

Muzokaralar yakunida ikkala tomon ham davlatlar o‘rtasidagi havo qatnovlarini yanada kengaytirishga tayyor ekanini bildirdi va tegishli bayonnomani imzoladi.

Yangiliklar lentasi
0