Jizzaxda turmushga chiqmagan qiz egizak chaqaloqlarini dalaga tashlab ketdi

CC0 / Pixabay / Novorojdenniy. Arxivnoe foto
Novorojdenniy. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jizzaxda fermer dalasidan norasida egizak o‘g‘il chaqaloqlar o‘lik holda topildi. Ularni 22 yoshli qiz dunyoga keltirib, tashlab ketgan.

TOShKENT, 7 mar — Sputnik. Jizzax viloyati Do‘stlik tumanining “Manas” qishloq fuqarolar yig‘inidagi ochiq daladan egizak chaqaloqlar jasadi topildi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar qildi.

SPUTNIK_Leopard s sobakoy provalilsya v kolodes v Indii - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi kanallarning biridan chaqaloq jasadi topildi

Xabarda yozilishicha, ushbu mahallada istiqomat qiluvchi 46 yoshli O‘.R. “Oqoltin ostonasi ko‘rki” fermer xo‘jaligi hududidagi beton ariq yonidan sumka ichida qora rangli polietilen paketga solingan egizak o‘g‘il chaqaloqlarni o‘lik holda topib olgan. So‘ngra  hudud profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchisiga xabar qilgan.

“Ekspertiza xulosasiga ko‘ra chaqaloqlar 20-21 haftalik kam vaznli bo‘lib tug‘ilgan”, - deyilgan xabarda.

Tezkor surishtiruv ishlari natijasida topilgan chaqaloqlarni o‘sha yerda istiqomat qiluvchi turmushga chiqmagan 22 yoshli X.G. dunyoga keltirib, tashlab ketgani aniqlangan.

Hozirda surishtiruv olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0