TOShKENT, 7 mar — Sputnik. Moskvada koronavirus bilan kasallangan birinchi rossiyalikka davolangandan so‘ng javob berildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.
Avvalroq Moskva merining ijtimoiy rivojlanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Anastasiya Rakova koronavirus bilan kasallangan birinchi bemor tuzalib ketgani va tez orada unga javob berilishini ma’lum qilgan edi.
Aniqlik kiritilishicha, gap Rossiya futbol ittifoqi a’zo David Berov haqida bormoqda.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram«Dobroe utro! I na sluchay, yesli ya vas bolshe ne uviju- dobriy den, dobriy vecher i dobroy nochi!»
Rospotrebnadzor Moskvadagi birinchi koronavirus yuqtirish holati haqida 2-mart kuni xabar qilgan edi. O‘shanda Italiyadan qaytgan moskvalikda koronavirus aniqlangan.
Rossiyada jami 10 ta koronavirus yuqtirish holati qayd etilgan. Ulardan ikkitasi Xitoy fuqarolari, 7 tasi Italiyadan qaytgan rossiyaliklar, yana bittasi esa Italiya fuqarosida aniqlangan. Ikki nafar xitoylikka javob berilgan. Uch nafar Yaponiyadagi Diamond Princess sayohat kemasidan evakuatsiya qilinganlar shifokorlar nazorati ostida qolmoqda.