O‘zbekiston kelajakda Airbus Helicopters kompaniyasidan 25 ta vertolot sotib olishi mumkin

© Press-slujba Gosudarstvennogo komiteta Uzbekistana po razvitiyu turizmaOdin iz vedushix proizvoditeley vertolotov v mire «Airbus Helicopters» planiruyet rasshirit sotrudnichestvo s Uzbekistanom.
Odin iz vedushix proizvoditeley vertolotov v mire «Airbus Helicopters» planiruyet rasshirit sotrudnichestvo s Uzbekistanom.  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vertolot ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoning yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblangan Airbus Helicopters O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda.

TOShKENT, 7 mar — Sputnik. Airbus Helicopters O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishni taklif qildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi xabar qildi.

Taklif kompaniyaning Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari rahbari Ralf Veberning Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov bilan kechgan uchrashuvida bildirilgan.

Uchrashuv davomida tomonlar 19-20 fevral kunlari Toshkentda o‘tkazilgan “Uzbekistan Airports, Aviation & Logistics Forum” I Xalqaro aviatsiya forumi doirasida O‘zbekistonda vertolot tashuvlarini rivojlantirishga oid erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yo‘lini muhokama qilishdi.

Vertolet VRT500 na Mejdunarodnom aviatsionno-kosmicheskom salone MAKS-2019 v podmoskovnom Jukovskom - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston yangi vertolotlar sotib olishni rejalashtirmoqda

Vertolotlardan nafaqat qutqaruv va tibbiyot maqsadlarida, balki turli ekskursiyalar, ekstremal turizm turlari, qoyaga chiqish, sportning tog‘-chang‘i turlari kabilarni tashkil qilishda ham foydalanish ehtiyoj mavjudligi ta’kidlandi.

Ralf Veber Airbus Helicopters kompaniyasining O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanini tasdiqladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning vertolot parki bilan ta’minlanganiga oid xalqaro tajribaga muvofiq 800-1 000 000 kishiga o‘rtacha 1 vertolot to‘g‘ri kelishini inobatga olganda, O‘zbekistonning ushbu havo transportiga ehtiyojini qondirish uchun 25-30 vertolot kerak bo‘ladi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, tomonlar vertolotlar tashuvi, uchuvchi, mexanik, texnologlar va boshqa personalni tayyorlash, seminar va treninglar tashkil qilish orqali O‘zbekistonning xususiy biznes vakillarini faol jalb qilish bo‘yicha qo‘shma kompleks loyihani ishlab chiqishga kelishib olishdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Transport vaziri Elor G‘aniyev turizm sohasini rivojlantirish, biznes xizmatlarini ko‘rsatish - tog‘li hududlarda joylashgan diqqatga sazovor joylariga ekskursiyalar tashkil qilish maqsadida yangi g‘arb vertolotlarini sotib olish rejalari mavjudligi bayon qilgan edi.

Ma’lumot uchun: Airbus Helicopters (sobiq Eurocopter Group) — Fransiya-Germaniya kompaniyasi, dunyodagi eng yetakchi vertolot ishlab chiqaruvchilaridan biri. Airbus Group konsernining sho‘’ba korxonasi. Kompaniya daromadi 2018-yilda 6,007 milliard yevroga oshdi.

Yangiliklar lentasi
0