Turk parlamentida Erdog‘an nomiga aytilgan ayblovlardan so‘ng mushtlashuv yuz berdi

© AFP / ADEM ALTANPrezident Tursii Redjep Tayip Erdogan
Prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Muholifat partiyasi tomonidan prezident Erdog‘an nomiga aytilgan tanqid hukmron partiya deputatlarining keskin e’tiroziga sabab bo‘ldi

TOShKENT, 4 mar – Sputnik. Turkiya Buyuk millat majlisida chorshanba kuni deputatlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. Turkiyaning asosiy muholifat Xalq-respublikasi partiyasi parlament fraksiyasi rahbari o‘rinbosari Engin Ozkoch tomonidan mamlakat prezidenti Toyib Erdog‘an nomiga aytgan ayblovlari ushbu janjalga sabab bo‘lgan.


XRP rahbari Kemal Qilichdarog‘lu Suriyaning Idlib shahrida vaziyat keskin tus olgach, Erdog‘anga Suriya prezidenti Bashar Asad bilan muzokaralar boshlashni taklif etgan. Erdog‘an bunga javoban Qilichdarog‘luni xoinlikda ayblagan.

Erdog‘an Putinga Turkiyani Suriya bilan "yakkama-yakka" qoldirishni taklif etdi>>>

Ozkoch esa XRP yetakchisi nomiga aytilgan ayblovlarga javob bergan.

Muholifat partiyasi deputati o‘z navbatida Erdog‘an halok bo‘lgan turk harbiylari haqida gapira turib "kelle" so‘zini (o‘lik jasadning qo‘pol nomlanishi) ishlatishda ayblagan va o‘z navbatida prezidentni xoinlikda ayblagan.

Ozkochning ushbu bayonoti Turkiyaning hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi deputatlari tomonidan keskin qarshi olingan. Deputatlar avvaliga baqir-chaqir bilan kifoyalangan bo‘lishsa, sal o‘tmay XRP vakillari bilan qo‘l jangiga kirishganlar. Mushtlashuvda ikkala partiyaning o‘nlab vakillari ishtirok etgan. Shu bilan parlament majlisi to‘xtatilgan.

Yangiliklar lentasi
0