Mashina lyukidan yarim yalang‘och holda raqsga tushgan qizlar qidirilmoqda - video

© Facebook / Sherzod QosimovV Tashkente dve polugolie devushki tansevali, visunuvshis iz lyuka avtomobilya
V Tashkente dve polugolie devushki tansevali, visunuvshis iz lyuka avtomobilya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Lacetti rusumli avtomobil lyukidan chiqqan holda ikki nafar yengil kiyingan qizlar raqsga tushayotganliklari aks etgan.

TOShKENT, 3 mar – Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan videoyozuvda harakatlanib borgan Lacetti rusumli avtomobil lyukidan chiqqan holda ikki nafar yengil kiyingan qizlar raqsga tushayotganliklari aks etgan.

Ushbu holat 2020-yil 26-fevral kuniga o‘tar tunda sodir bo‘lgan va shu kunning o‘zida Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan tegishli choralar ko‘rildi.

Aniqlanishicha, Lacetti rusumli avtomobil (davlat raqami 01 J 299 HA) haydovchisi 23 yoshli Javohir B. Yunusobod tumani Istiqlol ko‘chasidan harakatlanib borganda ikki nafar yo‘lovchilariga xavfli tarzda lyukdan chiqishlariga yo‘l qo‘ygan. Haydovchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 138 moddasi to‘rtinchi qismiga muvofiq bayonnoma tuzildi.

Keyinchalik haydovchining ma’lum qilishicha, u notanish qizlarni manzillariga olib borib qo‘yish uchun yo‘ldan mindirgan. Qoidabuzarlikning bevosita ishtirokchilari hozirga vaqtda aniqlanmoqdalar, ularga nisbatan ham O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183 moddasiga muvofiq chora ko‘rilishi ko‘zda tutilmoqda.

Mazkur moddaga ko‘ra, “jamoat joylarida uyatli so‘zlar bilan so‘kinish, fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik – bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.”

Shuningdek qayd etish lozimki, tekshiruv davomida avtomobilga amaldagi qonunchilik talablarini chetlab o‘tilgan holda o‘zgartirish kiritilgani aniqlandi (o‘zgartirish kiritish uchun IIV YHXBB ruxsati yo‘q). Shu munosabat bilan  Lacetti O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 291-moddasiga muvofiq jarima maydonchasiga joylandi.

Yangiliklar lentasi
0