Kuni kecha Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe do‘konlarda hojatxona qog‘ozlari talash bo‘lib ketgandan so‘ng televidenie orqali chiqish qilgan edi. Chunki ijtimoiy tarmoqlarda hojatxona qog‘ozi va niqob ishlab chiqarish uchun bir xil material ishlatilishi haqida yolg‘on xabarlar bolalagandan so‘ng aholi bir kunda do‘konlardagi barcha qog‘ozlarni sotib olgan va ko‘plab yirik shaharlarda uning taqchilligi kuzatilgan edi.
Abe mamlakatda qog‘oz mahsulotini ishlab chiqarilishi va uning taqchilligi yuzaga kelmasligini aytib, mahalliy aholini tinchlantirishga urindi.
Hozirda Yaponiyada koronavirus yuqtirganlar soni 274 kishini tashkil etadi, shundan olti nafari vafot etgan. Shuningdek, Yaponiyadagi Diamond Princess sayohat kemasida 706 kishi kasallangan. Ular turli mamlakat fuqarolaridir.