TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin COVID-19 koronavirusi tarqalishi tufayli dunyo iqtisodiyotida salbiy oqibatlar allaqachon kuzatilayotgani ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu oqibatlar dunyodagi iqtisodiy aloqalarning barcha tizimiga, bugungi kunda dunyo iqtisodiyotlarining eng yuqori darajada o‘zaro bog‘liqligi hisobga olingan holda deyarli barcha davlatlarga ta’sir ko‘rsatmoqda.
Putin o‘tgan hafta neft bozori uchun 2008-yildan buyon eng yomoni bo‘lganini ta’kidlagan. Shuningdek, u o‘tgan hafta global bozorlar uchun ham eng yomoni bo‘lganini qo‘shimcha qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, dunyo fond indekslari 10 foizdan ortiq pasaygan.
Rossiya rahbari keyingi choralar ko‘rish uchun koronavirus avj olishining iqtisodiy ta’sirini bevosita o‘rganish lozimligini qayd etgan.
Dunyoning eng badavlat kishilari bir kunda 139 mlrd dollaridan ayrilishdi
Avvalroq Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov Xitoy bilan tovar ayirboshlashning pasayishi tufayli Rossiya kuniga 1 milliard rubl yo‘qotayotganini ma’lum qilgan edi.