Koronavirus nobud qilgan bemor jasadi yorildi va natijasi e’lon qilindi

© AFP 2023 / YonhapMeditsinskie rabotniki osmatrivayut voditeley v Tegu
Meditsinskie rabotniki osmatrivayut voditeley v Tegu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
1 yanvar kuni Xitoyning Uxan shahrida keksa erkakda infarkt yuz berdi. Keyinchalik shifokorlar bemor koronavirusga chalinganligini aniqladilar. Murdani yorish ishlari bemorning o‘pkasi zararlanganini ko‘rsatdi

TOShKENT, 29 fev — Sputnik. Koronavirusdan halok bo‘lgan birinchi bemor jasadi yorildi va natijasi e’lon qilindi, deb xabar bermoqda "Izvestiya" nashri South China Morning Postga tayangan holda.

1 yanvar kuni Uxan shahridagi kasalxonaga 85 yashar erkak infarkt tashxisi bilan olib kelindi. Oradan bir hafta o‘tgach, unda yangi virusning ilk belgilari namoyon bo‘la boshladi. COVID-19 shifokorlar tomonidan u kasalxonada yotganining 14-kuniga borib aniqlandi, xolos. 28-yanvar kuni bemor olamdan o‘tdi.

Murdani 30-yillik tajribaga ega patologoanatom Lyu Lyan yordi. U virus nafas olish yo‘llariga emas, balki asosan o‘pkaga zarar yetkazadi, deya taxmin qilgan edi. Autopsiya uning taxminlari to‘g‘riligini tasdiqladi.

Ma’lum bo‘ldiki, SARS-CoV-2 patologik belgilari SARS atipik pnevmoniyasi va yaqinsharq respirator sindromi (MERS)ga o‘xshash ekan. Shu bilan birga o‘pka fibrozi unchalik jiddiy emasligi ma’lum bo‘ldi, ya’ni SARSga o‘xshamasdi, ammo, COVID-19ni yuqtirgan bemorda essuadatsiya bilan xarakterlanuvchi yallig‘lanish ancha o‘tkir ko‘rinishga ega edi.

Bemor keksa bo‘lgani va ko‘plab kasalliklar bilan og‘rigani tufayli, shifokorlar ushbu dard bemorning boshqa organlariga qanday ta’sir ko‘rsatganligini taxmin qilishga jazm etishmadi.

Yangiliklar lentasi
0