Saudiya Arabistoni koronavirus tufayli ziyoratchilar kirishini chekladi

Obuna bo‘lish
Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirligi “koronavirus xavfli ravishda tarqalayotgan davlatlardan" ziyoratchilar kirishini ta’qiqladi.

TOShKENT, 27 fev - Sputnik. Saudiya Arabistoni o‘z hududida koronavirus tarqalishini oldini olish maqsadida bir qator choralar qabul qildi, deb xabar qilmoqda qirollik tashqi ishlar vazirligi.

Zamestitel predsedatelya Soveta muftiyev Rossii Rushan Abbasov, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus haj rejasiga ta’sir qilmadi – Abbasov

Xususan, Saudiya Arabistoniga umra ziyorati hamda Madina shahrarlariga ziyorat maqsadida kelayotgan ayrim  davlatlar fuqarolarga mamlakatga kirishini ta’qiqlash haqida bayonot chiqardi. Ushbu ta’qiq qirollikka turistik viza bilan kelayotgan sayyohlarga ham taaluqli bo‘ladi.

Bayonotda aynan qaysi davlat fuqarolari kiritilmasligi aniq ko‘rsatilmagan, “koronavirus xavfli ravishda tarqalayotgan davlatlar” deyilgan xolos.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 80 mingdan oshib ketdi. Tuzalib ketganlar soni 25 ming kishini, vafot etganlar soni 2770 kishini tashkil qildi. Epidemiya 29 mamlakatga tarqalgan. Kasallikka chalinganlarning aksariyati Xitoyda, Keyin Janubiy Koreya, Eron va Italiyada qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0