Saratovda odamlarga hujum qilishni rejalashtirgan o‘smirlar qo‘lga olindi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishAntiterroristicheskie ucheniya spesnaza UFSB i UMVD Rossii
Antiterroristicheskie ucheniya spesnaza UFSB i UMVD Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Federal xavfsizlik xizmati xodimlari Saratovda qasddan 40 kishiga yaqin insonni o‘ldirishni rejalashtirgan o‘smirlarni qo‘lga oldi.

TOShKENT, 26 fev - Sputnik. Saratovdagi ta’lim muassasasida teraktlar uyushtirishni rejalashtirgan ikki o‘smir qo‘lga olindi. Ular qasddan 40 ga yaqin odamning o‘ldirilishini tayyorlayotganliklarini tan olishdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, voyaga yetmaganlar - 2005-yilda tug‘ilgan Rossiya fuqarolari ommaviy qirg‘in mafkurasini targ‘ib qiluvchi Internet-jamoalarning a’zolari bo‘lishgan. Ular tashlandiq bomba boshpanasida ushlangan. U yerda ular qirqma miltiq saqlashgan.

© FSB RF / Mediabankka o‘tishFSB RF zaderjala podrostkov, planirovavshix napadenie na shkolu
Saratovda odamlarga hujum qilishni rejalashtirgan o‘smirlar qo‘lga olindi - Sputnik O‘zbekiston
FSB RF zaderjala podrostkov, planirovavshix napadenie na shkolu

“Aniqlanishicha, ular hujum paytida o‘qotar qurollardan tashqari internetda o‘zlari topgan yo‘riqnoma yordamida tayyorlangan qo‘lbola yondiruvchi aralashmalardan ham foydalanishni rejalashtirgan”, - deyiladi xabarda.

Saratov viloyati Tergov qo‘mitasi ushbu hodisa yuzasidan tegishli moddalar bilan jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Federal xavfsizlik xizmati (FSB) xodimlari Kerch (Qrim) ning ikkita o‘quv muassasasida teraktlar tayyorlayotgan o‘smirlarni qo‘lga olishgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0