Koronavirus haj rejasiga ta’sir qilmadi – Abbasov

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishZamestitel predsedatelya Soveta muftiyev Rossii Rushan Abbasov, arxivnoe foto
Zamestitel predsedatelya Soveta muftiyev Rossii Rushan Abbasov, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat musulmonlar tomonidan Haj va Umra safarlarini amalga oshirilishiga ta’sir qilmadi.

TOShKENT, 26 fev – Sputnik. Koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat musulmonlar tomonidan Haj va Umra safarlarini amalga oshirilishiga ta’sir qilmadi, hozircha ziyorat bo‘yicha hech qanday cheklovlar yo‘q. Bu haqda Rossiya Muftiylar kengashi raisi birinchi o‘rinbosari Rushan Abbasov RIA Novosti’ga ma’lum qildi.

Musulmanskie palomniki vokrug svatini Kaaba vo vnutrennem dvore mecheti Masdjid al-Xaram v Mekke - Sputnik O‘zbekiston
Iyun oyiga qadar "Umra safari"ga 100 mingdan ziyod o‘zbekistonliklar yuboriladi

“Hozircha hech narsa o‘zgarmagan. O‘ylaymanki, Saudiya Arabistoni ziyoratchilar butun dunyodan kelishini tushungan holda koronavirus tarqalishining oldini olish uchun zarur choralarni ko‘rmoqda. Hozircha bizga hech qanday cheklovlar haqida xabar berilmadi. Shunga ko‘ra, Hajga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda: bo‘lajak ziyoratchilardan zarur hujjatlar yig‘ilmoqda, mehmonxonalar bron qilinmoqda, aviachiptalar sotib olinmoqda va hokazo”, - dedi Abbasov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya musulmonlari koronavirusning tarqalishi Xitoyda ham, butun dunyoda ham to‘xtaydi deb umid qilishmoqda. Hozir Hajga tayyorgarlik ishlari rejaga muvofiq olib borilmoqda, Umra ziyorati bo‘yicha ham hech qanday cheklovlar yo‘q - Rossiya ziyoratchilari guruhi Makka va Madina ziyoratgohlariga ketishmoqda. Bu yil 25 ming rossiyalik hajga borishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0