G‘alabada SSSRning rolini unutganlar bir kun e’tibordan qoladi – tarixchi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishGlavniy redaktor jurnala "Istorik" Vladimir Rudakov
Glavniy redaktor jurnala Istorik Vladimir Rudakov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikkinchi jahon urushida SSSRning rolini unutganlar ertami kechmi e’tibordan chetda qolib ketadi, deb hisoblaydi rossiyalik tarixchi.

"Istorik" tarixiy jurnalning bosh muharriri Vladimir Rudakov Polshada Qizil Armiyaning mamlakatni fashizmdan ozod qilishdagi roli to‘g‘risida o‘tkazilgan so‘rov natijalarini ijobiy qabul qildi.

Tarixchining fikriga ko‘ra, Ikkinchi Jahon urushi haqidagi dalillarni qayta yozish nuqtayi nazaridan Polsha ommaviy targ‘ibotga ko‘proq duchor bo‘lmoqda. Biroq, shu paytgacha polyaklarning o‘sha voqealarga munosabatini butunlay o‘zgartirish imkoni bo‘lmadi.

"Ushbu so‘rov ko‘nglimni bo‘shashtirishdan ko‘ra ko‘proq umidlantirmoqda, chunki Polshada o‘nlab yillar davomida jamoatchilik fikri xotirani o‘zgartirish maqsadida eng ommaviy mafkuraviy muolajadan o‘tganini bilamiz. Biz AQSh Osvensimning ozod qilinishini qanday tasvirlayotganini bilamiz, bu ushbu davlatning siyosiy elitasi dunyoqarashiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qilmoqda. So‘rovnoma menda polyaklar chuqur xotiraga ega ekanligiga va ularni har hil kvaziusullar bilan buzib bo‘lmasligiga ishonch hosil qilishimga turtki bo‘ldi.

Jamoatchilik fikri odatda tebranuvchan harakatga moyil. Shuning uchun, Polshaning anti-rus pozitsiyasini qo‘llayotgan siyosatchilari, ertami-kechmi e’tibordan chetda qolib ketadi", - deb hisoblaydi ekspert.

Fransiyaning  IFop kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, polyaklarning 65 foizi mamlakatni fashistlardan ozod qilgani uchun Qizil Armiyadan minnatdor.

Rossiyalik tarixchining batafsil izohini Sputnik radiosining podkastida tinglang.

Rudakov o rezultatax oprosa v Polshe o rolik Krasnoy Armii v VOV
Yangiliklar lentasi
0