Belarus-O‘zbekiston agrar forumi bo‘lib o‘tadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVizit prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva v respubliku Belarus
Vizit prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva v respubliku Belarus - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Forumga Belarus Respublikasidan 80 dan ortiq korxona va tashkilotlarning 150 nafarga yaqin vakillari tashrif buyurishi kutilmoqda

TOShKENT, 21 fev - Sputnik. Joriy yilning 25-26 fevral kunlari Toshkentda Belarus-O‘zbekiston agrar forumi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev v Pekine provel vstrechu s Prezidentom Respubliki Belarus Aleksandrom Lukashenko - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston-Belarus hamkorligining yangi yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi

"Forumda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar va qayta ishlovchilar, chakana savdo, uskuna va texnologiyalarni yetkazib beruvchilar, investorlar, dizayner va sanoat universitetlari vakillari ishtirok etadi", - deyiladi xabarda.

Forumga Belarus Respublikasidan 80 dan ortiq korxona va tashkilotlarning 150 nafarga yaqin vakillari tashrif buyurishi kutilmoqda.

Forum doirasida Belarus va O‘zbekiston korxonalari o‘zlarining eksport imkoniyatlarini namoyish etadilar.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, chorvachilik va sutchilik, ishlab chiqarishni loyihalashtirish va qurish, go‘sht va sut mahsulotlarini ishlab chiqarishda energiya tejamkor resurslardan foydalanish bo‘yicha tajriba almashiladi.

Yangiliklar lentasi
0