TOShKENT, 17 fev — Sputnik. O‘zbekiston karate Milliy federatsiyasi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar qilishicha, Shayxontohur tumani bo‘limi “V.V.” XK rahbarining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazgan.
Unda karate Milliy federatsiyasi prezidenti M.A. 43 mln. so‘m va federatsiya ijrochi direktori N.I. 20 mln. so‘mni o‘zlarining shaxsiy plastik kartasiga asossiz ravishda o‘tkazib olib, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan federatsiya prezidenti va ijrochi direktoriga nisbatan JKning tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.