TOShKENT, 11 fev – Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda poyezd ostiga qolgan “Matiz” hamda teplovoz bilan to‘qnashgan “Gazel” avtomashinasining surati tarqaldi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bir kunda sodir bo‘lgan har ikki hodisa yuzasidan bayonot berdi.
Qayd etilishicha, “Matiz” bilan bog‘liq YTH joriy yilning 6-fevral kuni soat 16:30 da “Toshkent metallurgiya zavodi” MChJ qo‘shma korxonasining shohobcha temir yo‘lida sodir bo‘lgan. TEM2 №3091 seriyali manyovr teplovozi “Gazel” rusumli yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.
Shuningdek, 2020-yil 7-fevralda soat 06:21 da Toshkentdagi “Salar” stansiyasining qo‘riqlanmayotgan temir yo‘li kesishmasida VL80-2458 elektrovozi boshqarayotgan yuk poyezdi “Matiz” rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.
Har ikki hodisa vaqtida ham jabrlanganlar yoki qurbon bo‘lganlar yo‘q.
Ayni damda holatlar bo‘yicha tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.