O‘zbekiston xalq artisti Xayrulla Sa’diyevning o‘g‘li olamdan o‘tdi

© Sputnik / Aleksey Nasirov / Mediabankka o‘tishGvozdiki i svechi
Gvozdiki i svechi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Madaniyat vazirligi jamoasi, O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi Boshqaruv Kengashi hamda a’zolari Xayrulla Sa’diyev va uning oila a’zolariga chuqur ta’ziya bildirgan.

TOShKENT, 5 fev - Sputnik. O‘zbekiston xalq artisti, kino va teatr aktori Xayrulla Sa’diyev oilasi og‘ir judolikka uchradi. Aktorning o‘g‘li Sardor Sa’diyev bevaqt olamdan o‘tdi.

"Bugungi yaxshi, fazilatli kunni hozir eshitgan yomon bir xabar buzdi. Aslida yomon xabar yetqazgim kelmaydi, lekin ba’zan vaziyat shunga majbur qiladi. Chunki, fojea kutilmaganda kelsa, odamni esankiratib qo‘yadi... Hech bir insonga farzand dog‘ini tilamayman. Xayrulla akaga sabr tilashdan o‘zga chora yo‘q", - deya hamdardlik so‘zlarini bildirgan Xayrulla Sa’diyev oilasiga Shoxira Hamro.

Madaniyat vazirligi jamoasi, O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi Boshqaruv Kengashi hamda a’zolari Xayrulla Sa’diyev va uning oila a’zolariga chuqur ta’ziya bildirgan.

Janoza namozi 5-fevral kuni peshinda o‘qiladi.

Yangiliklar lentasi
0