Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda raqs san’atini rivojlantirish bo‘yicha qaror imzoladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnie uzbekskie tansi na konserte v chest Dnya nezavisimosti
Natsionalnie uzbekskie tansi na konserte v chest Dnya nezavisimosti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Buxoro, Qarshi, Namangan va Urganch shaharlarida Akademiya huzurida ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich raqs san’ati maktab-internatlarini tashkil etiladi.

TOShKENT, 5 fev - Sputnik. O‘zbekistonda raqs san’ati sohasida olib borilayotgan siyosat tubdan yangilanadi. Bu haqda "Raqs san’ati sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" O‘zbekiston prezidenti qarori e’lon qilindi.

Prazdnovanie Navruza v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
“Bahor” raqs ansambli faoliyati qayta tiklanadi

Hujjatga ko‘ra, Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi negizida davlat oliy ta’lim muassasasi shaklida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tashkil etilmoqda. Raqs san’atiga iqtidori bo‘lgan yoshlarni joylarda saralab olish, ularni kasbga yo‘naltirish maqsadida Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktabi Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internatga aylantiriladi.

Shuningdek, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Buxoro, Qarshi, Namangan va Urganch shaharlarida Akademiya huzurida ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich raqs san’ati maktab-internatlarini tashkil etiladi.

Ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich raqs san’ati maktab-internatlarda ta’lim 1-4-sinflarda, Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internatda 1-11-sinflarda olib boriladi; o‘qishga qabul ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich raqs san’ati maktab-internatlarga 1-sinfdan, Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internatga 1 va 5-sinflardan amalga oshiriladi.

Prezident bir nechta amaldorlarga qaror ijrosini ta’minlashni topshirgan.

Xususan, O‘zbekiston Moliya vazirligi akademiyaga 50 o‘rinli avtobus xaridi uchun budjetdan mablag‘ ajratishi; O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovga ushbu qaror ijrosini o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash, O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov – belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishda mas’ul tashkilotlarga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatib, Vazirlar Mahkamasiga har chorakda axborot kiritish vazifalari yuklatilgan.

Yangiliklar lentasi
0