Jizzaxda rashkchi er homilador xotinini shafqatsizlarcha yoqib yubordi

Obuna bo‘lish
Erkak turmush o‘rtog‘ini boshqa erkaklar bilan ishqiy munosabatlarda bo‘lganlikda gumon qilgan. Shu sabab katta janjal ko‘targan.

TOShKENT, 4 fev — Sputnik. Jizzaxda fuqaro homilador turmush o‘rtog‘ini yoqib yubordi. Bu haqda Jizzax viloyati prokuraturasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 31-yanvar kuni Jizzax shahar, “Mustaqillik” ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli 14-uyning liftida sodir bo‘lgan.

Samoubiystvo - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda fuqaro homilador xotinini bo‘g‘ib o‘ldirdi, so‘ngra o‘zini osdi

Erkak turmush o‘rtog‘i M.U.ning boshqa erkaklar bilan ishqiy munosabatlarda bo‘lib kelganlikda gumon qilib, u bilan janjallashgan. Janjal vaqtida o‘zi bilan birga olib kelgan benzinni turmush o‘rtog‘ining ustiga sepib, o‘ta shafqatsizlik bilan yoqib yuborgan. Uning niyati turmush o‘rtog‘ini qasddan o‘ldirish bo‘lgan.

Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, ayol tanasining 55 foizi kuyga holda shifoxonaga yotqizilgan.

Erkakka nisbatan JKning tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda shahar prokuraturasi dastlabki tergov harakatlarini olib bormoqda

Yangiliklar lentasi
0