Rossiya O‘zbekistonga koronavirusni aniqlash vositasini berdi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishProbirki s biomaterialom v laboratornom komplekse
Probirki s biomaterialom v laboratornom komplekse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya YeOII va MDH davlatlariga koronavirusni laboratoriya sharoitida aniqlash vositalarini yetkazib berdi.

TOShKENT, 3 fev - Sputnik. Rossiya YeOII hamda MDH davlatlariga yangi koronavirusni laboratoriya sharoitida diagnostika qilish vostalarini tarqatdi, RIA Novosti xabariga asosan.

Rospotrebnadzorning “Vektor” laboratoriyasida ishlab chiqilgan diagnosti vositasi, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va O‘zbekiston tibbiy xizmatlariga kerakli miqdorda yetkazib berilgan. Qirg‘iziston va Tojikistonga ham ushbu diagnostika vositalari yetkazib berish jarayonida, deyilgan xabarda.  

“YeOII hamda MDH davlatlariga yordam berish, koronavirusning tarqalishini oldini olish maqsadida Rospotrebnadzor o‘z hamkorlariga beg‘araz ravishda "Vektor" uyushmasida ishlab chiqarilgan 2019-nCoV koronavirusni laboratoriya sharoitida aniqlash vositalarini topshirdi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda  dunyoda koronavirus yuqqan kishilar soni 15 mingdan, undan vafot etganlar soni 360 nafardan ortgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ushbu vaziyat yuzasidan xalqaro favqulodda holat e’lon qilgan edi. Bugungi kunda aksariyat aviakompaniyalar Xitoyga parvoz qilishni to‘xtatgan. Xorijiy davlatlar o‘z fuqarolarini Xitoydan evakuatsiya qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0