Qamchiq dovonida Qirg‘izistonga qarashli yuk mashinasi YTHga uchradi

© MChS UzbekistanaPereval Kamchik funksioniruyet v shtatnom rejime, dvijenie otkrito
Pereval Kamchik funksioniruyet v shtatnom rejime, dvijenie otkrito - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ma’lum bo‘lishicha, yuk mashinasi boshqaruvni yo‘qotgan va avtomobil yo‘lining qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketgan.

TOShKENT, 31 yanv - Sputnik. Qamchiq dovonidan o‘tgan avtomobil yo‘lining 233,7 kilometri - "Vodiy-Toshkent" yo‘nalishida Qirg‘iziston Respublikasiga qarashli "DAF" rusumli yuk mashinasi YTHga uchradi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston FVV.

DTP - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda 5 ta mashina ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi: jarohatlanganlar bor

Ma’lum bo‘lishicha, yuk mashinasi boshqaruvni yo‘qotgan va avtomobil yo‘lining qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketgan.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar aniqlanmagan, amaliy yordam ko‘rsatilgan.

Shuningdek, FVVga shu kuni yana bir "SAMS" rusumli yuk mashinasi yo‘l qoidalariga amal qilmasligi natijasida yo‘l o‘rtasidagi metall to‘siqqa qisilib qolganligi bo‘yicha xabar kelib tushgan.

"Qamchiq" dovonidagi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat quyi tizimining fuqaro muhofazasi xizmatlaridan 20 dan ortiq xodimlar, "Qamchiq" maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasining 10 dan ortiq qutqaruvchilari va 5 ta maxsus texnikalar voqea joyiga yetib bordi. Maxsus asbob-anjomlar yordamida metall to‘siqlar kesib olinib, ikkala yuk mashinalari ham xavfsiz hududga evakuatsiya qilinib yo‘l harakatlari qayta tiklandi"", - deyiladi xabarda.

 

Yangiliklar lentasi
0