Tojikistonda O‘zbekistondan keltirilgan tovuq go‘shti va tuxum yo‘q qilindi

© Sputnik / Alexandr Kryazhev / Mediabankka o‘tishTrade at a city food pre-Easter fair held on Karl Marx Square in Novosibirsk. (File)
Trade at a city food pre-Easter fair held on Karl Marx Square in Novosibirsk. (File) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikistonning So‘g‘d viloyatida nazoratdan o‘tish joyida chegarachilar tomonidan O‘zbekistondan keltirilgan 342 ming dona tuxumni to‘xtatildi.

TOShKENT, 30 yanv – Sputnik. Sug‘d viloyatida 2019-yilda O‘zbekistondan olib kelingan 20 ming kilogrammdan ortiq tuxum musodara qilinib, yo‘q qilindi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston Tojikiston oziq-ovqat xavfsizligi vazirligi matbuot xizmatiga asosan.

Yayso. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaliklar juda ko‘p tuxum iste’mol qiladi, o‘zbekistonliklar – chi?

Vazirlik taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, o‘tgan yilda Kanibodom nazoratdan o‘tish punktida chegarachilar tomonidan "Safar 2012" kompaniyasiga tegishli bo‘lgan 20,3 ming kilo yoki 342 ming dona tuxum to‘xtatildi.

Vazirlik tomonidan musodara qilingan mahsulotlar sifatsiz ekanligi ta’kidlandi.

"Sug‘d oziq-ovqat xavfsizligi markazining xulosasiga ko‘ra, mamlakatga keltirilgan tuxumlar iste’molchilar salomatligi uchun xavf tug‘dirgan", - deyilgan xabarda.

Bundan tashqari, Dushanbe va So‘g‘ viloyatining Bobojon-G‘ofurov tumanida kerakli hujjatlarsiz bo‘lgan 12,8 tonna tovuq go‘shti musodara qilindi. Ta’kidlanishicha, sifatsiz tovuq go‘sht Oziq-ovqat xavfsizligi tadqiqotlari milliy markazi tomonidan yo‘q qilindi.

Sputnik O‘zbekiston muxbiri ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida Veterinariya qo‘mitasining mas’ul xodimi bilan bog‘langandi. Qo‘mitada "Safar 2012" kompaniyasi Tojikiston kompaniyasi ekanligi va 2019-yil davomida O‘zbekistondan bu kompaniya nomiga tuxum eksport qilinmaganligi ma’lum kilindi.

Yangiliklar lentasi
0