Navoiy va Termiz aeroportlari xalqaro yuk tashish xabiga aylantiriladi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaGosti pribivayut v mejdunarodniy aeroport goroda Termeza
Gosti pribivayut v mejdunarodniy aeroport goroda Termeza - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Navoiy va Termiz aeroportlarini xalqaro transport xablariga aylantirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

TOShKENT, 29 yanv – Sputnik. O‘zbekistondagi Navoyi va Termiz xalqaro aeroportlarida “ochiq osmon” rejimi joriy etilib, yangi transport xabiga aylantiriladi. Bu haqida Shavkat Mirziyoyev transport vazirligi mutasaddilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda xabar qildi.

Navoiy va Termiz xalqaro aeroportlarini yuk tashish xabiga aylantirish maqsadida “ochiq osmon” rejimini joriy etib, xorijiy yuk tashuvchi aviakompaniyalarni keng jalb qilish vazifasi belgilandi,- deyilgan rasmiy xabarda.

Yig‘ilishda shuningdek prezident fuqaro aviatsiyasi sohasidagi vaziyatni ham tanqid qilib, Milliy aviakompaniya negizida tashkil etilgan Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports kompaniyalari faoliyati to‘liq yo‘lga qo‘ymagani sababli islohotlar natijasi ko‘rinmayapti dedi.

Undan tashqari Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda “ochiq osmon” joriy qilingan 4ta aeroportlarga xorijiy avakompaniyalarni kengroq jalb etish masalasini ham ko‘tardi.

Yangiliklar lentasi
0