BAAda ham yangi koronavirusdan kasallanish holati qayd etildi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishAbu-Dabi
Abu-Dabi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi koronavirus BAAga ham yetib bordi. Mamlakat SSVning qo‘shimcha qilishicha, hozirda bemorlarning ahvoli barqaror va ular shifokorlar nazorati ostida.

TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklarida yangi koronavirusdan kasallanishning birinchi holati qayd etildi. Bu haqda Amirlik yangiliklari agentligi xabar qildi.

Vspishka pnevmonii neizvestnogo proisxojdeniya. Predvaritelno ustanovleno, chto vozbuditelem zabolevaniya stal noviy tip koronavirusa — 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
Xitoyda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari uchun TIV eslatmasi

Qayd etilishicha, kasallik Xitoyning Uxan shahridan kelgan bir oila a’zolarida aniqlangan.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining qo‘shimcha qilishicha, hozirda bemorlarning ahvoli barqaror va ular shifokorlar nazorati ostida. Ta’kidlanishicha, xavotirlanishga o‘rin yo‘q.

Koronavirus Xitoyda tarqala boshladi. Kasallanish holati allaqachon ko‘plab mamlakatlarda qayd etildi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Xitoyda yangi koronavirusdan kasallanganlar soni 5974 kishiga yetgan. 132 kishi ushbu kasallikdan vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0