OAV: Jazoirda Su-30 qiruvchi samolyoti qulab tushdi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishMnogotselevoy istrebitel Su-30SM
Mnogotselevoy istrebitel Su-30SM - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jazoirning shimoliy-sharqida Su-30 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi. Ikki kishidan iborat ekipaj a’zolari halok bo‘lgan.

TOShKENT, 28 yanv - Sputnik. Jazoirning shimoliy-sharqida Su-30 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda RIA Novosti Algerie 24 nashriga tayanib xabar qilmoqda.

Samolyot Umm al-Buagi provinsiyasida quladi.

Al Nahar telekanaliga ko‘ra, gap Rossiya tomonidan ishlab chiqarilgan Su-30 qiruvchi samolyoti haqida ketmoqda. Ikki kishidan iborat ekipaj a’zolari halok bo‘lgan.

Halokat sabablari hozircha oshkor qilinmayapti.

Jazoir havo kuchlari tarkibida bir necha o‘nlab Su-30MKA qiruvchi samolyotlar bor.

Yangiliklar lentasi
0