“Gazprombank” Surxondaryo viloyatida gaz-kimyo majmuasini qurmoqchi

© AFP 2023 / SEBASTIEN BERGERUzbekistan glazami inostransa
Uzbekistan glazami inostransa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Energetika vazirligida “Gazprombank" AJ rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda hamkorlikning dolzarb masalalari va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. “Gazprombank” AJ Surxondaryo viloyatida gaz-kimyo majmuasining qurilishi va “Mustaqillikning 25-yilligi” konini qo‘shimcha razvedka qilish va rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga qiziqish bildirdi.

Bu haqda Energetika vazirligidagi  “Gazprombank" AJ (Rossiya) rahbariyati bilan uchrashuvda ma’lum qilindi. Unda energetika vaziri o‘rinbosari Umidjon Isroilov va “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev “Gazprombank" AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari  Aleksey Matveyenko boshchiligidagi delegatsiya bilan hamkorlikning dolzarb masalalari va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishdi.

Shavkat Mirziyoyev na zasedanii - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev neft-gaz va kimyo sanoati bo‘yicha topshiriqlar berdi

Muzokaralarda bank neft va gaz sohasida faol hamkorlik qilib kelayotgani alohida ta’kidlandi. Umumiy moliyalashtirilish qariyb 900 million dollar mablag‘ni tashkil etishi, jumladan, uglevodorod ishlab chiqarishni ko‘paytirish dasturi, GTL zavodining qurilishi, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish va boshqalar ekani eslatib o‘tildi.

“Gazprombank”AJ rahbariyati Surxondaryo viloyatida gaz-kimyo majmuasining qurilishi va “Mustaqillikning 25-yilligi" konini qo‘shimcha razvedka qilish va rivojlantirish bo‘yicha" kabi boshqa investitsiya loyihalarini moliyalashtirish orqali hamkorlikni kengaytirish yuzasidan qiziqish bildirdi”, - deyiladi “O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati xabarida.

Uchrashuv yakunida tomonlar energetika sohasining barcha sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalarini birgalikda ko‘rib chiqishga kelishib oldilar.

Yangiliklar lentasi
0