Afg‘onistonda toliblar hujumi oqibatida o‘n kishi halok bo‘ldi

© AFP 2023 / Noorullah ShirzadaChleni dvijeniya Taliban (zapresheno v RF), Afganistan. Arxivnoe foto
Chleni dvijeniya Taliban (zapresheno v RF), Afganistan. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afg‘onistonning kamida 10 nafar politsiya xodimi “Tolibon” radikal harakatining hujumi oqibatida halok bo‘ldi.

TOShKENT, 28 yanv - Sputnik. Afg‘onistonning kamida 10 nafar politsiya xodimi “Tolibon” radikal harakatining nazorat-o‘tkazish punktiga uyushtirgan hujumi natijasida halok bo‘ldi. Bu haqda Ariana News telekanali xabar qildi.

Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, hodisa Afg‘onistonning shimoliy-sharqidagi Baglan provinsiyasida sodir bo‘ldi.

O‘z navbatida Pajvak agentligi 18 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Hodisaning boshqa tafsilotlari hozircha ochiqlanmagan.

Yangiliklar lentasi
0