Afg‘onistonda halokatga uchragan bombardimonchi AQShga tegishli bo‘lgan

© AFP 2023 / STRAviakatastrofa na vostoke Afganistana v rayone Dex Yak
Aviakatastrofa na vostoke Afganistana v rayone Dex Yak - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerika harbiylari bombardimonchi samolyot qulashiga “Tolibon”* harakati aloqadorligiga shubha bildirishdi.

TOShKENT, 28 yanv – Sputnik. Kuni kecha Afg‘onistonda halokatga uchragan samolyot AQShga tegishli ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda AQSh qumondonlik kuchlari vakili polkovnik Sonni Leggett Twitter sahifasida izoh yozgan.

“Afg‘oniston, G‘azni viloyatida Amerikaning  E-11 A bombardimonchisi haloqatga uchradi. Hozircha avariya sabablari tekshirilmoqda, dushman zarbasi natijasida avariya yuzaga kelgani haqida hech qandan belgilar yo‘q”, - deb yozgan Leggett.

Uning so‘zlariga ko‘ra, harbiylar imkoni boricha barcha ma’lumotlarni taqdim etadilar.

"Tolibon yana bir samolyot halokatga uchratgani haqida xabar - yolg‘on", - deb qo‘shimcha qildi amerikalik harbiy.

Afg‘oniston viloyatida samolyot qulashi

27 yanvar kuni Afg‘onistonning G‘azni viloyatida samolyot qulagani haqida xabar paydo bo‘ldi. Bu haqda G‘azni gubernatorining vakili Arif Nuri ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mutaxassislar guruhi voqea joyida tekshiruv o‘tkazmoqda. Shuningdek, OAVlar bu hudud “Tolibon”* nazorati ostida bo‘lgani va halokatga uchragan samolyot Ariana Afghan Airlines aviakompaniyasiga tegishli ekanligi ma’lum qilingan. Biroq keyinchalik aviakompaniya bu xabarni rad etdi.

* Rossiya va bir qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilot.

Yangiliklar lentasi
0