AQShda yangi avtomat namoyish etildi - u Kalashnikovning o‘zginasi

© Military.comNoviy avtomat iz SShA - kopiya AK-47
Noviy avtomat iz SShA - kopiya AK-47 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQShda yaqinda bo‘lib o‘tgan SHOT 2020 ko‘rgazmasida yangi avtomatik o‘qotar qurol namoyish etildi. Diqqat bilan nazar solganda – bu Kalashnikov avtomatiga bir tomchi suvdek o‘xshash.

TOShKENT, 28 yanv – Sputnik. O‘tgan haftada AQShning Las Vegas shahrida bo‘lib o‘tgan SHOT 2020 o‘qotar qurollar ko‘rgazmasida AQSh-Isroil qo‘shma korxonasi tomonidan ishlab chiqilgan yangi qurol namoyish etildi.

Galeo nomli avtomatik vintovka 5,56 kalibrla patronlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, stvolining uzunligi 33 santimetrni tashkil qiladi.  

Avtomatning stvoli, magazini va magazin o‘rnatiladigan qismi AQShda ishlab chiqilgan, qolgan barchi qismlari – Isroilda ishlab chiqariladi, deydi firma vakili Nik Kontestabayl.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, yangi qurol AK-47 va Valmet RK 62 avtomatlari asosida ishlab chiqilgan. AQShda uning narxi 1300 dollar atrofida. Ayni damda ushbu qurolga talab o‘sib bormoqda.

Yangiliklar lentasi
0