Gruziya muxolifati AQSh "demokratik" institutlarini olib chiqib ketishni talab qilmoqda

© Sputnik / Aleksandr Chipurin / Mediabankka o‘tishIstoricheskiy sentr v Tbilisi.
Istoricheskiy sentr v Tbilisi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gruziya muxolifat kuchlari AQShning "Demokratik" va "Respublika" institutlarini mamlakatdan olib chiqib ketishni so‘rashmoqda.

TOShKENT, 27 yanv - Sputnik. “Gruziya vatanparvarlari alyansi” a’zolari va ularning tarafdorlari AQShning Tbilisidagi elchixonasi oldida sotsiologik tadqiqotlar olib boradigan Xalqaro respublika instituti (IRI) va AQSh Demokratik institutini (NDI) mamlakatda faoliyatni taqiqlashni talab qilib, namoyish o‘tkazdilar.

Ushbu muassasalar Gruziyada jamoatchilik fikrini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar olib boradilar. So‘rov natijalariga ishonchsizlik ko‘pincha hokimiyat vakillari tomonidan bildirilmoqda.

"Biz AQSh rahbariyatiga murojaat qilamiz: NDI-IRI larni Gruziyadan olib chiqib keting... Biz mustaqil suveren davlatmiz. Hech kim bizning fikrimiz, kayfiyatimiz va haqiqatimizni sun’iy ravishda o‘zgartirishga haqli emas", deyiladi partiya bayonotida.

Muxolifatchilar, shuningdek, Gruziya hukumatini ushbu tashkilotlar faoliyati bilan bog‘liq tergov boshlashga chaqirmoqda. Partiya a’zolariga ko‘ra, barcha so‘rovlarning natijalari soxtalashtirilgan va noto‘g‘ri ma’lumotdir.

Gruziya vatanparvarlari alyansi - bu Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni boshlash tarafdori bo‘lgan muxolifat partiyasi. Avvalroq, partiya mamlakatning yirik shaharlarida o‘zlarining ijtimoiy so‘rovlarini o‘tkazgan, ularning natijalariga ko‘ra, Gruziya fuqarolarining aksariyati harbiy betaraflik tarafdori bo‘lgan. Amerika tashkilotlari tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, Gruziya aholsining aksariyati NATO va YeIga intilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0