O‘zbekistonda mehnatga ma’muriy tarzda majburlash uchun javobgarlik kuchaytirildi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishSbor xlopka
Sbor xlopka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda uchun BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima belgilandi.

TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda mehnatga ma’muriy tarzda majburlash uchun javobgarlik kuchaytirildi. Bu Shavkat Mirziyoyev 22-yanvar kuni imzo chekkan qonunda nazarda tutilgan.

Qonun bilan Jinoyat kodeksi voyaga yetmagan shaxslarning mehnatidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligiga oid talablarni buzganlik hamda mehnatga ma’muriy tarzda majburlash uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalar bilan to‘ldirildi.

Unga ko‘ra, voyaga yetmagan shaxs mehnatidan uning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga yoki axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan ishlarda foydalanish, bunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa:

Tanzila Narbayeva - Sputnik O‘zbekiston
Narbayeva majburiy mehnat va tungi navbatchilik masalalari haqida to‘xtaldi

- BHMning 25 baravarigacha miqdorda jarima;

- 3-yilgacha muayan huquqdan mahrum qilish;

- 3-yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida mehnatga ma’muriy tarzda majburlash uchun javobgarlik kuchaytirildi.

Xususan, mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash  (bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno) uchun BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima belgilandi. (Hozirda BHMning 10 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda)

Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Qonunning ayrim moddalari va bandlari qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach amalga kiritiladi.

Yangiliklar lentasi
0