OIIB O‘zbekistondagi 2,4 mlrd dollarlik loyihalarni moliyalashtiradi

© Press-slujba MIVTMinisterstvo investitsiy i vneshney torgovli
Ministerstvo investitsiy i vneshney torgovli - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qoraqalpog‘iston, Buxoro va Xorazm infratuzilmasini modernizatsiya qilish, o‘rta shaharlarni rivojlantirish dasturini Jahon Banki bilan birgalikda moliyalashtirish, “Buxoro-Urgench-Xiva” temir yo‘lini elektrlashtirishni OTB bilan birgalikda moliyalashtirish shular jumlasidan.

TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) O‘zbekistondagi 2,4 mlrd dollarlik loyihalarni moliyalashtiradi. Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov Osiyo OIIBning yangi vitse-prezidenti Konstantin Limitovskiy bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu uning uchun lavozimga tayinlanganidan beri O‘zbekistonga birinchi rasmiy tashrifi bo‘ldi.

Jiloy dom v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
OTB O‘zbekistonga ipoteka kreditini rivojlantirishga 500 mln $ berishga tayyor

Vazirlik xabariga ko‘ra, tomonlar hamkorlikning dolzarb masalalarini hamda suv ta’minoti, sovoqava, issiqlik ta’minoti, obodonlashtirish va yo‘l qurilishi sohalarini rivojlantirish borasidagi infratuzilmaviy investitsya loyihalarini amalga oshirilishining joriy holatini muhokama qildilar.

O‘zbekistonda yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirilishini boshlanishi hisobiga 2019-yil hamkorlik ko‘lamining misli ko‘rilmagan o‘sish nuqtasi bo‘lganligi ta’kidlab o‘tildi.

Uchrashuv doirasida OIIB va O‘zbekiston o‘rtasida 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi loyihasi ko‘rib chiqildi.

“Ushbu dastur loyihasi qiymati 2,4 milliard dollardan ortiq bo‘lgan uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, yo‘l qurilishi, energetika, arzon uy-joylar qo‘rilishi sohalari hamda infratuzilma sohasida xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishni ko‘zda tutadi”, - deyiladi xabarda.

Ular orasida - Qoraqalpog‘iston, Buxoro va Xorazm viloyatlari infratuzilmasini modernizatsiya qilish, o‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturini Jahon banki bilan birgalikda moliyalashtirish, “Buxoro-Urgench-Xiva” temir yo‘lini elektrlashtirishni Osiyo taraqqiyot banki bilan birgalikda moliyalashtirish kabi yirik loyihalar mavjud.

Uchrashuv yakunida amalga oshirilayotgan tashabbuslar doirasida loyhalarni ruyobga chiqarishning faol bosqichiga o‘tish nuqtayi nazaridan o‘zaro munosabatlarni jadallashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Yangiliklar lentasi
0