O‘zbekistonlik 8 nafar bokschi WBC reytingidan turli o‘rinlarni egalladi

© pixabayBokserskie perchatki
Bokserskie perchatki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Butunjahon boks kengashi(WBC) yangilangan reytingda 8 nafar o‘zbekistonlik bokschilarning nomi turli o‘rinlarda qayd etilgan.

TOShKENT, 20 yanv – Sputnik. Butunjahon boks kengashi(WBC) yangilangan reytingda 8 nafar o‘zbekistonlik bokschilarning nomi turli o‘rinlarda qayd etilgan.  

Yunosheskaya sbornaya Uzbekistana po boksu - Sputnik O‘zbekiston
Mo‘g‘ulistonda boks bo‘yicha Osiyo yoshlar chempionati boshlandi

Qayd etilishicha, ayni vaqtda yarim o‘rta (-66,68 kg) vazn toifasi vakili Qudratillo Abduqahhorov IBF reytingida birinchi, WBO reytingida 8-o‘rinni egallagan.

Super o‘rta (-76,2 kg) vazn toifasida ringga ko‘tarilayotgan o‘zbekistonlik Azizbek Abdug‘ofurov oldingi pog‘onasini saqlab qolgan holda 2-o‘rinda bormoqda.

WBC tomonidan boshqa reytinglardan farqli ravishda 40 kishidan iborat reyting tuzilib, unda  yana olti nafar o‘zbek bokschisining nomi e’tirof etilgan.

Jumladan, super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Isroil Madrimov (4-0, 4 KO) o‘tgan oydagidan ikki pog‘ona yuqorilab 31-o‘rinni egallagan.

Birinchi o‘ta yengil (-48,99 kg) vazn toifasi vakili Hasanboy Do‘smatov o‘tgan oydagi kabi 34-o‘rinni, o‘ta og‘ir (+90,7 kg) vazn toifasi vakili Bahodir Jalolov 39-o‘rinni saqlab qolgan.

Super yengil vaznda WBC Asia chempionlik kamari sohibi Anvar Turopov esa o‘tgan oydagi 40-o‘rnida qolgan.

Super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shahram G‘iyosov bir pog‘ona pastlab, 22-o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, mazkur vazn toifasining yana bir vakili Shohjahon Ergashev yana ikki o‘rin pastlab, 32-pog‘onani egallagan.

Yangiliklar lentasi
0