Tojikiston va Qirg‘iziston chegara bilan bog‘liq kelishuvlarni OAVga bermaydigan bo‘ldi

© Pravitelstvo KRPeregovori po tadjiksko-kirgizskoy granitse
Peregovori po tadjiksko-kirgizskoy granitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojik-qirg‘iz chegarasi borasida uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng tomonlar oltita masala bo‘yicha kelishib oldilar va qo‘shma protokol imzoladilar.

TOShKENT, 16 yanv - Sputnik. Qizil-Bel va Guliston chegara postlari o‘rtasidagi tojik-qirg‘iz chegarasida ikki davlat hukumat delegatsiyalari uchrashuvi qo‘shma bayonnoma imzolanishi bilan yakunlandi, deya xabar beradi Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati.

Pogranichnik na smotrovoy vishke. Granitsa Kirgizstana - Sputnik O‘zbekiston
Bishkekda namoyishchilar Tojikiston bilan ziddiyatlarning oldini olishni talab qilmoqda

Tomonlar, xususan, oltita masala bo‘yicha kelishib oldilar.

Birinchidan, ikki mamlakat vakillari chegara hududining 114 kilometrini xatlab chiqishga va bir oy ichida ushbu hududlarning huquqiy holatini asoslab berilishiga kelishib oldilar.

Ikkinchidan, ikkala tomon chegara hududidagi shaxmat tartibida joylashgan notinch hududlarni aniqlash va ularni 2020-yil 1-martga qadar almashinuvi bo‘yicha taklif tayyorlashni rejalashtirmoqda.

Uchinchidan, chegara hududida, ayniqsa har ikki davlat vakillari bir-biriga yaqin yashaydigan joylarda jamoat tartibini birgalikda nazorat qilishni kuchaytirish rejalashtirilgan.

To‘rtinchidan, endilikda chegara yaqinida joylashgan aholi punktlarining ko‘chalarida yoritish va videokuzatuv kameralari paydo bo‘ladi, har qanday mojarolar yuzaga kelgan taqdirda kameralardagi yozuvlar ikkala tomonga taqdim etiladi.

Pogranichniki na kirgizsko-tadjikskom uchastke gosudarstvennoy granisi - Sputnik O‘zbekiston
Tojik-qirg‘iz chegarasi: ikki davlat vakillari muzokara o‘tkazdi

Beshinchidan, ko‘chalar yoritilishi O‘sh-Botken-Isfana magistralining Jaka-Oruk hududidan Isfara-Oruk yo‘li bilan kesishgan qismida o‘tadigan qismida paydo bo‘ladi.

Oltinchidan, tomonlar chegarada olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida dastlabki ma’lumotlar ommaviy axborot vositalariga berilmasligi to‘g‘risida kelishib oldilar.

Imzolangan protokolga ko‘ra, tomonlar kelishuvlarning bajarilishi uchun bir xil javobgarlikni o‘z zimmalariga oladilar. Belgilangan barcha ishlar birgalikda bajarilishi ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, tojik-qirg‘iz davlat chegarasida ko‘pincha mahalliy aholi yoki ikki mamlakat chegarachilari o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib turadi. Bu, asosan, davlatlar o‘rtasidagi chegara aniq bo‘linmagan hududlar bilan bog‘liq.

Chegaraning uzunligi qariyb 970 kilometrni tashkil etadi, ayni paytda atigi 504 kilometrli hudud chegarasi bo‘yicha kelishuvga erishilgan, hududning 70 foizi bahsli sanaladi.

Yangiliklar lentasi
0