Barcha sement zavodlariga zararli moddalarni tahlil qiluvchi avtomatik stansiyalar o‘rnatiladi

© Sputnik / Valeriy Titiyevskiy / Mediabankka o‘tishProizvodstvo sementa na zavode
Proizvodstvo sementa na zavode - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2022 yil 1-yanvarga qadar atmosfera havosini ifloslantiruvchi moddalardan namunalar olish va tahlil qilish bo‘yicha avtomatik stansiyalar o‘rnatish, ularga tutash hududlarda statsionar kuzatish punktlarini joylashtirish maqsad qilingan.

TOShKENT, 15 yanv – Sputnik. 2022-yilning 1-yanvariga qadar barcha sement ishlab chiqaruvchi korxonalarga  avtomatik stansiyalar o‘rnatish rejalashtirilgan. Ushbu avtomatik stansiyalar sement zavodlaridan chiqadigan zararli moddalarni tahlil qiladi. Bu haqda 14-yanvar kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.

Zavod po proizvodstvu sementa - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda sement zavodlari ustidan ekologik nazorat o‘rnatiladi

Qayd etilishicha, atrof muhitning barcha komponentlariga ta’sir qiluvchi asosiy ifloslantiruvchi moddalar chang va mayda dispersli qattiq zarrachalar hisoblanadi.

2019 yilning oktabr oyida 13 ta sement ishlab chiqarish korxonalariga tutash hududlar atrofidan atmosfera havosiga tashlanayotgan zararli tashlamalar bo‘yicha namunalar olinib, tahlillar o‘tkazilgan. Tahlil natijalari 5 ta korxonaga tutash hududlar atrofidagi atmosfera havosida ifloslantiruvchi moddalar miqdori ruxsat etilgan meyordan yuqori ekanligini ko‘rsatgan.

Bu ko‘rsatkich Qoraqalpog‘istondagi “Titan cement” qo‘shma korxonasida 1,06-4,6 marta, “Karakalpak cement” qo‘shma korxonasida 6,06 marta, Farg‘ona viloyatidagi  “Turon eco cement group” korxonasida 1,68-1,8 marta, “Yaypanggips” korxonasida 1,7-1,86 marta va “Fergana sement” qo‘ma korxonasida 1,16-1,36 marta yuqori bo‘lgan. 

Shunga ko‘ra, Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Sement ishlab chiqarish korxonalari faoliyati ustidan ekologik nazoratni kuchaytirish to‘g‘risida” gi qarori loyihasi ishlab chiqilgan.

Unda 2022-yilgacha bo‘lgan muddatda  O‘zbekiston Ekologiya qo‘mitasi tizimiga kiruvchi analitik laboratoriyalarning moddiy texnika ta’minotini yaxshilash ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari barcha sement ishlab chiqarish korxonalariga 2022-yil 1-yanvarga qadar atmosfera havosini ifloslantiruvchi moddalardan namunalar olish va tahlil qilish bo‘yicha avtomatik stansiyalar o‘rnatish, ularga tutash hududlarda statsionar kuzatish punktlarini joylashtirish maqsad qilingan.

Ushbu punktlar xo‘jalik yurituvchi subyektlar mablag‘lari hisobidan o‘rnatiladi.


Yangiliklar lentasi
0