Ayrim tibbiy ma’lumotnomalarni endi DXMlarda olish mumkin

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishRabota mnogofunksionalnogo sentra
Rabota mnogofunksionalnogo sentra  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2020 yil 1-apreldan Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hamda Narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani Davlat xizmatlari markazlarida olish mumkin.

TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. 2020-yil 1-apreldan boshlab fuqarolarning Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hamda Narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma Davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etiladi. Tegishli Hukumat qarori 10-yanvar kuni qabul qilindi.

Papka s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Yangi yildan boshlab 28 ta ma’lumotnoma so‘rash tartibi bekor qilindi

Shuningdek, 2020-yil 1-apreldan boshlab:

- Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hamda Narkologiya dispanseri tomonidan fuqarolarning hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani to‘g‘ridan-to‘g‘ri berish amaliyoti bekor qilinadi;

- Narkologiya va ruhiy kasalliklarga chalingan fuqarolar hisobi faqat elektron shaklda yuritiladi.

2020 yil 1-martgacha davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan avtomatlashtirilgan elektron axborot tizimi ishlab chiqiladi.

Qaror bilan fuqarolarning Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hamda Narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish bo‘yicha ma’muriy reglamentlar tasdiqlandi.

Yangiliklar lentasi
0