Abxaziya prezidenti iste’foga chiqdi

© SputnikPrezident Abxazii podal v otstavku
Prezident Abxazii podal v otstavku - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Suxumda 9-yanvar kuni muxolifat vakillari prezident iste’fosini talab qilib namoyish o‘tkazishdi. Buning ortidan mamlakat prezidenti iste’foga chiqish qarorini qabul qildi.

TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Abxaziya prezidenti Raul Xajimba iste’foga chiqdi. Bu haqda Sputnik Abxaziya xabar qildi.

“Kecha kechqurun, 12-yanvar kuni namoyishchilar qarshisiga sobiq tashqi ishlar vaziri va sobiq parlament deputati Sergey Shamba chiqib, bayonotni o‘qib eshittirdi”,  - deyiladi xabarda.

Izbiratelniy uchastok vo vremya viborov prezidenta Abxazii - Sputnik O‘zbekiston
Abxaziya prezidenti saylovining yangi sanasi belgilandi

Ta’kidlanishicha, u yerda yig‘ilganlar ushbu xabarni gulduros qarsaklar bilan qarshi olishgan.

Eslatib o‘tamiz, Suxumda 9-yanvar kuni muxolifat vakillari prezident iste’fosini talab qilib namoyish o‘tkazishdi. 10-yanvar kuni mamlakat Oliy sudining kassatsiya instatsiyasi MSKning sentabr oyida bo‘lib o‘tgan prezident saylovlari natijalari to‘g‘risidagi qarorini noqonuniy deb topdi

12 yanvar kuni Abxaziya Markaziy saylov komissiyasi prezident saylovning yangi sanasini belgiladi. Saylovlar 2020-yil 22-mart kuni bo‘lib o‘tishi kerak. Qonunga binoan, takroriy saylovda avval ishtirok etgan va yangi nomzodlar ishtirok etishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0