Ukrainada aviahalokat sababli motam kuni e’lon qilindi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishUkraina obyavila traur po jertvam krusheniya Boeing v Tegerane
Ukraina obyavila traur po jertvam krusheniya Boeing v Tegerane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun, 9-yanvar kuni Ukrainada motam kuni deb e’lon qilindi, davlat organlari binolarida bayroqlar tushirilib, ko‘ngilochar tadbirlar bekor qilindi.

TOShKENT, 9 yanv – Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 9-yanvarni mamlakatda Tehronda samolyot qulashi oqibatida halok bo‘lganlarning xotirasi uchun motam kuni deb e’lon qildi. Bu haqda mamlakat prezidenti ofisining matbuot xizmati xabar qildi.

Na meste krusheniya ukrainskogo laynera v Irane rabotayut spasateli: nikto ne vijil - Sputnik O‘zbekiston
Ukraina samolyoti qulagan joyda qutqaruvchilar ishlamoqda - video

Bugun, 9-yanvar kuni Ukrainada bayroqlar tushirilib,ko‘ngilochar tadbirlar bekor qilindi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Tehron aeroportidan osmonga ko‘tarilgan "Ukraina xalqaro avialiniyalari" kompaniyasining Boeing-737 yo‘lovchi samolyoti bir necha daqiqadan so‘ng halokatga uchradi. Samolyotda bo‘lgan 170 nafar yo‘lovchi hamda 9 nafar ekipaj a’zolari halok bo‘ldi. Yo‘lovchilarning aksariyati Eron fuqarolari bo‘lishgan – 140 kishi. Shuningdek, ular orasida Ukraina, Kanada, Germaniya, Buyuk Britaniya, Shvetsiya hamda Afg‘oniston fuqarolari ham bo‘lishgan.

Samolyotning barcha “qora qutilari” topilgan. Dastlabki xabarlarga ko‘ra, Boeing 737 samolyoti dvigatelining yonib ketishi halokat sababi bo‘lgan.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ukraina va Eron prezidentlariga hamdardlik maktublarini yo‘llagandi. Telegrammada O‘zbekiston prezidenti marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etgan.

Yangiliklar lentasi
0