IIB otasini o‘ldirmoqchi bo‘lgan pedofil haligacha ozodlikda degan xabarga munosabat bildirdi

© fotoliaSimvoli zakona i pravosudiya
Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Telegram kanallarning birida “Otasini o‘ldirmoqchi bo‘lgan pedofil hali-hanuz ozodlikda. IIB xodimi, MFY raisi va 100$” sarlavhali xabar tarqaldi.

TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Buxoro viloyati IIB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Otasini o‘ldirmoqchi bo‘lgan pedofil hali-hanuz ozodlikda. IIB xodimi, MFY raisi va 100$” sarlavhali maqola yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Xabarda yozilishicha,  2019 yil 21-dekabr kuni Shofirkon tumani Chandir MFYda yashovchi fuqaro F.Yu Shofirkon tumani IIB profilaktika inspektoriga qo‘ng‘iroq qilib, ukasi O.Yu. spirtli ichimlik iste’mol qilgan mast holatda atrofdagilarning tinchini buzib, janjal qilayotgani haqida xabar bergan.

Inspektor va Chandir MFY raisi bilan hodisa joyiga borib, fuqaro O.Yu bilan suhbatlashgan. Shofirkon tumani Tibbiyot birlashmasida narkologik tekshiruvdan o‘tkazilgan ushbu fuqaroning mastlik holatida ekani aniqlangan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida O.Yu.ning mast holda otasiga pichoq va bolta ko‘targanligi, uni o‘ldirishga harakat qilganligi, biror bir shaxsga tan jarohati yetkazganligi kabi holatlar yuz bermaganligi aniqlangan.

Devochka stoit spinoy. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
IIBB Qashqadaryoda qizlar yoppasiga yo‘qolayotgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi

Shuningdek, fuqaro O.Yu. spirtli ichimlik iste’mol qilgan mast holda jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzganligi hamda profilaktika inspektorining qonuniy talablarini bajarmaganligi uchun unga nisbatan O‘zbekiston MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi 1-qismi (IIB xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va to‘plangan hujjatlar qonuniy hal qilish uchun Shofirkon tuman sudiga yuborilgan.

Shuningdek, 23-dekabr kuni o‘sha yerda yashovchi S.F tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan. Unda 21-dekabr kuni qo‘shnisi O.Yu. 2002-yilda tug‘ilgan o‘g‘liga nisbatan tegajog‘lik qilganligining guvohi bo‘lganligini, mazkur holat yuzasidan unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Ushbu ariza shu kuni tuman IIBda tegishli tartibda qayddan o‘tkazilgan va tergov-tezkor guruhi tomonidan hodisa joyi ko‘zdan kechirilgan.

Bolaga nisbatan tayinlangan sudga oid tibbiy ekspertizaning xulosasida uning tanasida biror bir tan jarohati va uning izlari mavjud emasligi bayon qilingan.

Ushbu holatni tasdiqlovchi, bir-birini to‘ldirib boruvchi asosli dalillar yo‘qligi hamda fuqaro O.Yu.ning harakatlarida biror jinoyat alomatlari bo‘lmaganligi inobatga olinib, jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qaror qabul qilingan.

Yangiliklar lentasi
0