Turkiya o‘zining birinchi milliy avtomobilini taqdim etdi

Obuna bo‘lish
Turkiya o‘zining yangi elektromobillari bilan Yevropa bozorida Teslaga qarshi muvaffaqiyatli raqobat qilishi mumkin.

TOShKENT, 30 dek - Sputnik. Turkiya o‘zining birinchi milliy avtomobilini taqdim etdi. Turkiya prezidenti Rajap Toyyib Erdo‘g‘on yangi avtomobil taqdimotida ishtirok etdi.

TOGG nomli Turkiyaning yangi transport vositasi bu - S segmenti o‘lchamidagi sport-utilita avtomobili (SUV) hamda D segmentidagi sedan bo‘lib, u elektr quvvati yordamida harakatlanadi. Elektrokrossoverni 2022-yilda ishlab chiqarish boshlanadi. Yiliga 175 ming dona ana shunday avtomobil ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Loyihaga umumiy hisobda 22 milliard turkiya lirasi miqdorida sarmoya kiritiladi. 

Yangi avtomobil Yevropa bozorlari uchun mo‘ljallangan.

© ToggTursiya predstavila perviy elektromobil
Turkiya o‘zining birinchi milliy avtomobilini taqdim etdi - Sputnik O‘zbekiston
Tursiya predstavila perviy elektromobil

Ma’lumot uchun, Turkiyaning eng birinchi milliy avtomobili 1961-yilning 29-oktabrida yaratilgan edi, lekin o‘sha vaqtdagi yonlig‘i krizisi tufayli u seriyali ishlab chiqarilmagan. 

Yangiliklar lentasi
0