Endi haydovchilar mastligini alkotester aniqlaydi

© Sputnik / Yuriy Streles / Mediabankka o‘tishSotrudnik GIBDD demonstriruyet gotoviy k rabote alkotester
Sotrudnik GIBDD demonstriruyet gotoviy k rabote alkotester - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Alkotester tekshiruvi kamida ikki nafar xolis guvohlar ishtirokida amalga oshiriladi, DYHXX xodimida kuzatuv kamerasi (body camera) bo‘lgan holda guvohlar bo‘lishi shart emas.

TOShKENT, 30 dek - Sputnik. O‘zbekistonda haydovchilarning mast holatda ekanliklarini oson aniqlovchi maxsus qurilma — alkotester ishga tushirildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati ma’lum qildi.

Alkotester moslamasi yo‘l harakati bilan bog‘liq sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsizliklarning oldini olish maqsadida joriy etilgan.

Alkotester bu haydovchi tomonidan havoga chiqarilgan etanol bug‘larini aniqlovchi va tekshiruv natijalarini qog‘ozda aks ettiruvchi maxsus texnik vositadir.

Haydovchi texnik vosita yordamida tekshiruvdan o‘tishdan bosh tortib,  tekshiruv natijalariga e’tiroz bildirgan hollarda DYHXX xodimi uning mastligini tuman va shahar davolash-profilaktika muassasalarida aniqlashi mumkin.

Alkotester tekshiruvi qoidabuzarlik yuz bergan joyning o‘zida amalga oshiriladi. Belgilangan tartibga ko‘ra, DYHXX xodimi tekshiruv oldidan haydovchiga alkotesterning ishlash tartibi yoki zarur hollarda haydovchining talabiga asosan texnik vositasining hujjatlarini ham ko‘rsatadi.

Tekshiruv kamida ikki nafar xolis ishtirokida amalga oshiriladi.  DYHXX xodimida kuzatuv kamerasi (body camera) bo‘lgan holda guvohlar bo‘lishi shart emas.

Ma’lumotga ko‘ra, ayni damda ichki ishlar vazirligi tomonidan 109 dona  “Alkotester” qurilmalari IIV YHXBBga yetkazib berilib,  taqsimot asosida viloyatlarga ham tarqatilgan.

Yangiliklar lentasi
0