Aloqa bo‘yicha harbiy mutaxassislarni tayyorlashning keng ko‘lamli tizimi yaratiladi

© Press-slujba prezidenta RUzPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev posetil Voyenniy institut informatsionno-kommunikatsionnix texnologiy i svazi
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev posetil Voyenniy institut informatsionno-kommunikatsionnix texnologiy i svazi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Harbiy ta’limni rivojlantirish, aloqa bo‘yicha harbiy mutaxassislarni saralash va tayyorlashning keng ko‘lamli tizimini yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan navbatdagi choralar belgilab olindi.

TOShKENT, 27 dek - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-dekabr kuni Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti hamda Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi harbiy qismga tashrif buyurdi.

Voyennie razvedchiki iz Uzbekistana zanyali vtoroe mesto v konkurse ArMI-2019 v Indii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik razvedkachilar “ArMI – 2019” musobaqasida ikkinchi o‘rinni egallashdi

Davlat rahbari, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni tomonidan berilgan topshiriqqa muvofiq, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti hamda harbiy qism qayta tashkil etilib, yangi zamonaviy harbiy shaharchada joylashtirilgan edi.

Prezident bu yerdagi sharoitlar, o‘quv-tarbiya jarayoni, zamonaviy ta’lim vositalari, shuningdek,  axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qay darajada joriy etilgani bilan tanishdi.

Tashrif chog‘ida harbiy xizmatchilar, vazirlik va idoralar, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi rahbariyati, texnika yo‘nalishidagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari bilan suhbat bo‘lib o‘tdi. Harbiy ta’limni rivojlantirish, aloqa bo‘yicha harbiy mutaxassislarni saralash va tayyorlashning keng ko‘lamli tizimini yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan navbatdagi choralar belgilab olindi.

Davlat rahbariga harbiy qismda amalga oshirilgan qurilish ishlari, mudofaa tizimida aloqa tarmoqlarini modernizatsiya qilish, jangovar va o‘quv tayyorgarlik jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha loyihalar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Yangiliklar lentasi
0