MSK: 25 ta okrugda takroriy ovoz berish o‘tkaziladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovItogi viborov v parlament Uzbekistana
Itogi viborov v parlament Uzbekistana  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi 25 ta saylov okruglarida takroriy ovoz berishni 5-yanvar - yanshanba kuni o‘tkazishga qaror qildi.

TOShKENT, 25 dek – Sputnik. Markaziy saylov komissiyasi yana uch saylov okruglarida kamchiliklarni aniqladi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarining yakuniy bayonnomalari o‘rganib chiqilganda, 3 ta saylov okrugida saylov natijalarini aniqlash jarayonida arifmetik xatolikka yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

Takror ovoz beriladigan okruglar soni 3 taga (Samarqand - 1 ta 67 okrug, Farg‘ona viloyati - 2 ta, 102 va 106 okruglar) ko‘paygan.

Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi 25 ta saylov okruglarida takroriy ovoz berishni 5-yanvar - yakshanba kuni o‘tkazishga qaror qildi.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovItogi viborov v parlament Uzbekistana
Itogi viborov v parlament Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
1/4
Itogi viborov v parlament Uzbekistana
© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovItogi viborov v parlament Uzbekistana
Itogi viborov v parlament Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
2/4
Itogi viborov v parlament Uzbekistana
© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovItogi viborov v parlament Uzbekistana
Itogi viborov v parlament Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
3/4
Itogi viborov v parlament Uzbekistana
© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovItogi viborov v parlament Uzbekistana
Itogi viborov v parlament Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
4/4
Itogi viborov v parlament Uzbekistana
1/4
Itogi viborov v parlament Uzbekistana
2/4
Itogi viborov v parlament Uzbekistana
3/4
Itogi viborov v parlament Uzbekistana
4/4
Itogi viborov v parlament Uzbekistana

MSK taqdim etgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylangan nomzodlar tarkibi bo‘yicha tahliliy jadvaliga ko‘ra, Parlament saylovi o‘tkazilgan 150 ta saylov okrugidan 125 tasidan deputatlar saylangan.

Saylangan deputatlar soni o‘zgardi. Jumladan, O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi – 42 nafar (-1); “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi – 34 nafar (-1); “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi – 20 nafar (-1); Xalq demokratik partiyasi – 18 nafar; Ekologik partiya – 11 nafar.

Saylangan deputatlarning yosh tarkibi bo‘yicha 30 yoshgacha 9 nafar (7%), 30-50 yoshgacha – 80 nafar (64%), 50 yoshdan yuqori 36 nafar (27 %). Xotin-qizlar 34 nafar (27%).

Yangiliklar lentasi
0