IIV fuqarolarni internet firibgarlaridan ogohlantirdi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishMessendjer Telegram mojet bit zablokirovan Roskomnadzorom
Messendjer Telegram mojet bit zablokirovan Roskomnadzorom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ichki ishlar vazirligi bayonotiga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda internet foydalanuvchilarini O‘zbekiston IIV nomidan aldashga o‘tgan kiberjinoyatlar avj olmoqda

TOShKENT, 11 dek - Sputnik. So‘nggi paytlarda fuqarolarning pornografik foto va video mahsulotlarini targ‘ib qiluvchi internet resurslaridan foydalanishlari ularning firibgarlar tuzog‘iga tushib qolishlariga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda O‘zbekiston IIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Denejnie kupuri i moneti raznix stran - Sputnik O‘zbekiston
Odamlarni katta pulga aldagan "Xuman" rahbari uylari, mashinalari va pullari hibsga olindi

Vazirlikning ogohlantirishicha, fuqaroning pornografik foto va video mahsulotlarini targ‘ib qiluvchi internet resurslaridan foydalanishlari jarayonida quyidagi holat yuz beradi:

"O‘zbekiston Respublikasi IIV Kiberjinoyatlarga qarshi kurash bo‘limidan bildirishnoma" sarlavhasi ostida sizib chiquvchi oynada foydalanuvchi  taqiqlangan saytlarga kirgani sababli go‘yoki IIV tomonidan uning 200 000 so‘m (ayrim hollarda 300 000 so‘m) miqdorida jarimaga tortilgani haqida xabar keladi.

Shuningdek, “Webmoney” elektron to‘lov tizimi orqali davlat hisobiga to‘lovni amalga oshirilishi lozimligi, aks holda qurilmada saqlangan kontaktlarga foydalanuvchining pornografik foto va video mahsulotlar joylashtirilgan internet resurslaridan foydalangani haqida hodisa bayoni hamda foydalanuvchiga jarimani to‘lashi talabi bilan SMS xabar yuborilishi haqida ma’lumot paydo bo‘ladi.

Foydalanuvchilarning internet veb brauzeri esa blokirovka holatiga tushib qoladi.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tarkibida "Kiberjinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi" nomi bilan faoliyat yurituvchi bo‘lim yoki bo‘linma mavjud emas; shuningdek, "Webmoney" to‘lov tizimida O‘zbekiston IIV tarkibiy va hududiy tuzilmalari elektron hamonlariga ega emas, deya ogohlantirmoqda IIV.

"Shunga muvofiq, fuqarolarimizni internet tarmog‘idan foydalanayotganda bu kabi salbiy holatlarga duch kelmasligi uchun firibgarlarning aldoviga ishonib qolmaslikka chaqiramiz",- deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, yuqorida ta’kidlab o‘tilgan holatlar yuzasidan hozirgi paytda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0