Suriyada AQSh harbiy bazasiga hujum qilindi

Razgruzka i kaska soldata SShA
Razgruzka i kaska soldata SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Suriyaning Deyr-ez-Zor viloyatida “Omar” neft koni oldida joylashgan AQSh harbiy bazasiga noma’lum shaxslar hujum qilishdi.

TOShKENT, 6 dek - Sputnik.  Suriyada joylashgan AQSh harbiy bazasiga noma’lum shaxslar guruhi hujum qildi. Al-Ikhbariya telekanali xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, Suriyaning Deyr-ez-Zor viloyatida “Omar” neft koni oldida joylashgan AQSh harbiy bazasiga hujum qilishdi. Harbiy texnika ortilgan yuk mashinasi bazaga kelgan vaqtda hujum boshlandi.

Eslatib o‘tamiz, AQSh va uning ittifoqchilari 2014-yildan beri Suriya va Iroqda IShID terrorchilik guruhiga qarshi harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Buni mamlakat hukumati va BMT roziligisiz amalga oshirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0