Qamoqdan chiqqan 129 ayollarning ishga joylashishiga yordam berildi - IIV

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishKolyuchaya provoloka
Kolyuchaya provoloka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jazoni ijro etish muassasalaridan qaytib kelgan yoki jinoyat sodir etgan ayollarning ishga joylashishi va ish topishi muammosi dolzarbligicha qolmoqda.

TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Iyul oyidan buyon 129 nafar jazoni ijro etish muassasalaridan qaytib kelgan xotin-qizlarning ishga joylashishiga yordam berildi. Bu haqda Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Umida Abdullayeva AOKAda bo‘lib o‘tgan “Xotin-qizlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga qaratilgan chora-tadbirlar haqida” mavzusidagi matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

“Jazoni ijro etish muassasalaridan qaytib kelgan yoki jinoyat sodir etgan ayollarni moslashtirish va reabilitatsiya jarayoni o‘zicha kechmaydi. Shu qatorda ish muammosi juda dolzarb muammo. Bugungi kunga qadar 4 oy davomida 129 nafar xotin-qizlarga yordam berdik”, - deya ma’lum qildi Umida Abdullayeva.

Shuningdek, u Xotin-qizlar qo‘mitasi, Oila markazi, Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa vazirlki va idoralar bilan hamkorlikda ish olib borilayotgani qo‘shimcha qildi.

Hukumat qarori: 88 mingdan ortiq ishsiz ayolning bandligi ta’minlanadi

Qayd etilishicha, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 32,8 foizga  -4861 tadan 3267 taga kamayishiga eritilgan. 25 mingdan ortiq oilaning notinchligiga barham berilgan hamda 10 mingdan ortiq yosh oilaning ajrashib ketishi oldi olingan.

Yangiliklar lentasi
0