Toshkent viloyatida bir oilaning 16 nafar a’zosi is gazidan zaharlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGazovaya plita
Gazovaya plita - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qibray tumanida bir oilaning 16 nafar a’zolari is gazidan zaharlandi. Ularning 11 nafari voyaga yetmagan bolalar.

TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Toshkent viloyatida bir oilaning 16 nafar a’zosi is gazidan zaharlandi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, hodisa bugun, 01-dekabr kuni taxminan soat 05:30 larda Toshkent viloyati Qibray tumani Alisherobod mahallasidagi uylarning birida sodir bo‘lgan. Is gazidan zaharlanganlar shifoxonaga murojaat qilganlar.

“Ularning orasida 11 nafari voyaga yetmagan fuqarolar bo‘lgan. Vafot etganlar yo‘q”, - deyiladi xabarda.

Xabarda mazkur holat yuzasidan qo‘shimcha ravishda ma’lumot berilishi ta’kidlangan.

Idora shu kabi holatlarning oldini olish maqsadida fuqarolardan xonandon va boshqa binolardagi gaz anjomlarida gaz sizib chiqish holatlari bor yoki yo‘qligiga e’toborli bo‘lishni hamda ulardan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishini so‘rab qolgan.

Yangiliklar lentasi
0